1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: Ukraina Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish muzokaralariga tayyor

Ukraina prezidenti Bryusselda Yevropa Kengashi yig‘ilishi oldidan tinchlik muzokaralariga tayyorlik haqida gapirdi.

Zelenskiy: Ukraina Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish muzokaralariga tayyor

Ukraina Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish yuzasidan barcha mumkin bo‘lgan muzokaralarga ochiq. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa kengashi yig‘ilishi arafasida ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kosta bilan uchrashuv oldidan jurnalistlarga bergan bayonotida, Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketi qabul qilinganini olqishladi.

 

Antonio Kosta o‘z navbatida, Bryusseldagi uchrashuvning asosiy mavzularidan biri yaqin ikki yil davomida Ukrainaga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam masalasi ekanini ta’kidladi.

 

“Agar Rossiya bizni charchagan deb o‘ylasa, u yanglishadi. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Bugun 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy yordamni muhokama qilamiz,” — dedi Kosta.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика