1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiyning mumkin bo'lgan vorisi e'lon qilindi — The Times

Zelenskiyning reytingi korrupsiya bilan bog‘liq janjaldan so'ng ikki barobar pasaygan.

Zelenskiyning mumkin bo'lgan vorisi e'lon qilindi — The Times

 

The Times nashri o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga tayangan holda, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq Bosh qo‘mondoni va Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy istiqboldagi saylovlarda amaldagi Prezident Vladimir Zelenskiyni mag‘lub etishi mumkinligini ma’lum qildi deydi RBK nashri.

 

Nashrning qayd etishicha, Zelenskiyning reytingi korrupsiya bilan bog‘liq janjal ortidan so‘ng ikki barobar pasaygan. Shunga qaramay, hozirgi kunda ikki siyosatchi o‘rtasidagi farq minimal bo‘lib qolmoqda — tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy 30 foizga yaqin, Zalujniy esa 25 foizdan ortiq qo‘llovga ega.

 

Zalujniyning mashhurligi, avvalo, mojaroning dastlabki bosqichlarida Ukraina mudofaasiga boshchilik qilgani va “urush qahramoni” sifatida tanilgani bilan bog‘liq. 2024–2025 yillarda o‘tkazilgan bir qator ijtimoiy so‘rovlar natijalarida ham u yuqori ishonch ko‘rsatkichlarini qayd etgan. Masalan, New Image Marketing Group so‘rovida respondentlarning 70 foizi unga ishonch bildirgan.

 

Shunga qaramay, Zalujniyga yaqin manbalar uning prezidentlikka nomzod bo‘lish ehtimoli juda pastligini bildirgan. O‘zi ham urush sharoitida saylovlarni o‘tkazishning imkonsizligini ta’kidlab keladi.

 

Ukrainada prezidentlik saylovi o‘tgan yili bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq harbiy holat sababli ortga surilgan. Zelenskiyning vakolati 2024 yil may oyida yakunlangan bo‘lsa-da, yangi prezident saylanmagani sababli u amaldagi davlat rahbari sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Rossiya esa bu vaziyatni “noqonuniy” deb baholagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика