Yaponiyalik olimlar insonning qarishini sekinlashtiradigan vaksina yaratdi. Bu haqda Nature Aging jurnali xabar berdI.
Mazkur preparat aminokislotalar va jonli oqsil asosida yaratilgan. Uning asosini peptid tashkil etadi — u eski hujayralarni yo‘q qilishi mumkin, ular yoshi bilan ko‘payish va inson tanasida to‘planishni to‘xtatadi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, emlanish qon tomirlari, diabet va boshqa bir qator kasalliklar bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlarga yordam beradi. Preparat sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi. Sinovlar davomida olimlar arterial qattiqlikning pasayishi tufayli kemiruvchilarda qarituvchi hujayralar soni kamayganini aniqladilar.
Yaponiyalik tadqiqotchilar ushbu vaksina diabet, semirish yoki yoshga bog‘liq muammolarga qarshi kurashishda ham yordam berishini isbotladilar.
Bundan avval Yaponiyaning Kobe universiteti mutaxassislari B2 vitamini hujayralar qarishini oldini olishi haqida xabar berishgan edi.
Bungacha olimlar noto‘g‘ri ovqatlanish tanani kasallik va qarishdan himoya qiladi, degan xulosaga kelgan.
Maʼlumot uchun: mutaxassislar qarish jarayonini to‘xtatuvchi va organizmni yoshartiruvchi dori vositasidan foydalanish 5-10 yildan so‘ng boshlanishi mumkininligini yil boshida maʼlum qilgandi. Bu taxmin o‘zini oqlamganini tajriba va amaliyot ko‘rsatdi.
Yapon olimlari “qarigan hujayralar” deb ataladigan hujayralardan xalos bo‘lish mexanizmini topdilar va ulardan foydalanishni reja qildi. Tokio universiteti qoshidagi Tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti professori Makoto Nakanishi o‘z kashfiyoti haqida ommaga eʼlon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Slovakiyada inson nafasi orqali koronavirusni aniqlashga qodir qurilma ixtiro qilingani hamda Yangi zelandiyada “ozishga yordam beradigan dunyodagi ilk qurilma” yaratilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


