Сурхондарёда Тез ёрдам машинаси ЙТҲга учради
ЙҲХБ ҳодиса тафсилотларини маълум қилди.

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 28-yanvar kuni Spark va tez yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Avtohalokat soat 4:10 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida yuz bergan. Spark haydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanishi natijasida avtomashinalar to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Spark avtomobilining 22 yoshli haydovchisi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Tengdoshi bo‘lgan yo‘lovchisi og‘ir ahvolda kasalxonaga yuborilgan.







