Media

Zomindagi yong‘inga Jizzax hokimi oilasining aloqasi bormi? Voqea bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari boshlandi

Xabaringiz bor 1-avgust kuni soat 10:40 larda Zomin tumani “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Zomindagi yong‘inga Jizzax hokimi oilasining aloqasi bormi? Voqea bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari boshlandi

 

FVV ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy munosabat bildirib, yong‘inni o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4ta vertolyot jalb etilgani 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi, 24 nafar shaxsiy tarkib va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etilgani maʼlum qildi. Biroq yong‘in kelib chiqish sabablari to‘liq oshkor etilmagandi.

 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tog‘laridagi o‘rmon yong‘ini  mansabdorning yaqin qarindoshiga tegishli dala hovlida olib borilayotgan qurilishdan chiqqani xaqida maʼlumot tarqaldi.

 

Xabarda aytilishcha, yong‘in Jizzax viloyati hokimining o‘g‘li yoki Zomin tumani hokimi ukasining nomida bo‘lgan dala hovlida olib borilayotgan qurilish (payvandlash ishlari) vaqtida kelib chiqqan.

 

“Yong‘in chiqqan joy qo‘riqxona hududi bo‘lib, u yerda har kim ham qurilish ishlari olib borishga yoki yerdan o‘zi istaganicha foydalanishga qodir emas. Asosan viloyat yoki tuman kattalariga tegishli obyektlar, dam olish maskanlari bor. O‘sha kungi yong‘in Zomin tumani hokimining ukasiga tegishli dachada (aslida hokimning dala hovlisi, deyilmoqda) payvandlash ishlari olib borilishi vaqtidagi ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan.  

 

Biz tarqalgan  xabar qanchalik asosli ekanligini bilish maqsadida Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati Akmal  Binoqulov bilan bog‘landik.  Mutaxassis  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar asossiz ekanligi, Zomin ko‘riqxona hududida Jizzax viloti hokimining  qarindoshlariga tegishli bo‘lgan dala xovli mavjud emasligini maʼlum qildi.

 

Zamon.uz masala yuzasidan Jizzax prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Muxabbat Urazaliyeva bilan ham bog‘landi. Xodim holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan ish ochilganini va dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.  

 

Munojat Valiyeva