0

Respublika bo'ylab 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

Jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etiladi.

Respublika bo'ylab 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

 

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, hududlarda jamoat transporti tizimi rivojlantiriladi. Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etiladi.

 

Hududlarda jamoat transportida elektron to‘lovlar jozibadorligini oshirish va elektron to‘lovlar ulushini o‘rtacha 30 foizga yetkazish (hozir 15 foiz) rejalashtirilgan. Hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilinadi. Bundan tashqari 743 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirish mo‘ljallanmoqda.

 

Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yo‘laklarini 150 kmga yetkazish nazarda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"