0

Toshkent metrosiga 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Poyezd sinovdan o'tkazilgandan so'ng yo‘lovchilarga xizmat qilish uchun chiqariladi.

Toshkent metrosiga 3 ta yangi poyezd olib kelindi

 

Bugun Toshkent metropoliteniga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqida metropoliten matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi. Bu vagonlar yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida olib kelingan.

 

Ta’kidlanishicha, 2025-yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.

 

Eslatib o‘tamiz, metropoliten 2024-yil 31-dekabrda ham "Metrovagonmash" (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan 3 ta poyezd olganini e’lon qilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"