0

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Shahboz Sharif muhim savdo shartnomalarini imzolashi aytilmoqda.

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

 

Pokiston ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarga ko‘ra, fevral oyiga rejalashtirilgan tashrif chog‘ida Shahboz Sharif O‘zbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi kutilmoqda.

 

Joriy yil fevral oyining uchinchi haftasida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Ozarbayjon va O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqida "The News International" nashri xabar bermoqda.

 

"Pokiston o‘zining "Vision Central Asia" siyosatiga muvofiq Markaziy Osiyo davlatlari hamda Kavkazning muhim davlatlari bilan aloqalarni kuchaytirmoqda", — deyiladi xabarda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahboz Sharif ikki kunlik tashrifi davomida O‘zbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qiladi, shuningdek, muhim savdo shartnomalarini imzolaydi. Unga mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar, bir qancha vazirlar hamda biznes doira vakillari hamrohlik qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"