Özbekiston jurnalistlarining etika kodeksi loyihasi muhokama qilindi
Jurnalistlar axloq-odob kodeksi va Etika komissiyasi töğrisidagi nizom loyihalari taqdim etildi

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi taşabbusi bilan Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi hamkorligida «Etika, xavfsizlik va OAV erkinligi: sifatli jurnalistika asoslari» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Unda jurnalistika sohasi vakillari, ekspertlar va huquqşunoslar iştirok etib, kasbiy mas’uliyat, axborot işonçliligi, jurnalistlar huquqlarini himoya qiliş hamda auditoriya işonçini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.
Tadbir davomida jurnalistlar axloq-odob kodeksi va Etika komissiyasi töğrisidagi nizom loyihalari taqdim etilib, ular yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalarda xolislik, haqqoniylik, inson şa’ni va qadr-qimmatini hurmat qiliş hamda axborot manbalari bilan işlaş madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati yakunida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining yangi a’zolariga a’zolik guvohnomalari topşirildi.








