Ilm-fan

Maktablarda gibrid taʼlimdan voz kechildi. Endi hamma anʼanaviy o‘qiydi

Ayni damda Xalq taʼlimi vaziri boshchiligida yangi o‘quv yilini tashkil etishga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Maktablarda gibrid taʼlimdan voz kechildi. Endi hamma anʼanaviy o‘qiydi

 

Unda maʼlum qilinishicha, maktablarda yangi o‘quv yili 6-sentyabrdan to‘liq anʼanaviy boshlanadi, gibrid shakldan butunlay voz kechildi. 

 

Sherzod Shermatov  ochiq muloqotda bu yil darslar gibrid tarzda (ham onlayn, ham oflayn) bo‘lmasligini taʼkidladi. Bu o‘tgan yili o‘zini oqlamagan va jinoyatchilikgni ko‘paytirgan.  

 

Qolaversa, XTV o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan 94 foiz ota-ona o‘quv yili anʼanaviy bo‘lishini xohlashini bildirgan.  

 

Parallel ravishda televideniye orqali onlayn darslar ham berib boriladi. Bu esa darslar koronavirusga chalinib qolgan bolalar, karantinga yopilishi mumkin bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun.

 

Avvalroq, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida yangi o‘quv yilini tashkil etishga bag‘ishlangan ochiq muloqotda Maktabda oq, ochiq ranglardagi ro‘molga hamda do‘ppiga ruxsat berganligi haqida xabar qilgandik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"