Jamiyat

“O‘zbekiston xalqaro uchrashuvlar o‘tkaziladigan mehmondo‘st mamlakat” — chet ellik ekspertlar yurtimiz haqida shunday fikrda

Madaniyat va sanʼat sarhad tanlamaydi. Chunki u dunyo xalqlarini qalban birlashtiradi. Xususan,  poytaxtimizda o‘z ishini boshlagan "Markaziy Osiyo dunyo  sivilizatsiyalari chorrahasida" Xalqaro madaniyat forumi doirasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining "O‘zbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans poydevori" V Kongressi chet ellik kuzatuvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

“O‘zbekiston xalqaro uchrashuvlar o‘tkaziladigan mehmondo‘st mamlakat” — chet ellik ekspertlar yurtimiz haqida shunday fikrda

 

 

Unda dunyoning 46 mamlakatidan tashrif buyurgan 200 ga yaqin olim va mutaxassislar — yetakchi sharqshunoslar, ekspertlar, tadqiqotchilar, qo‘lyozmalar va miniatyuralar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.

 

Biz Kongress doirasida ishtirok etayotgan mutaxassislar fikrlari bilan qiziqdik:

 

Jaken Taymagambetov, 

Qozog‘iston Respublikasi Milliy akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi:

 

 

—  Mutaxassisligim arxeolog bo‘lgani uchun menga O‘zbekiston madaniyat merosi juda qiziq. Ramziy maʼnoda bu tadbir O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga munosib tuhfa, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Kongressning ochilish marosimidagi ko‘rgazmalar bu yurtning madaniy merosi haqida so‘zlamoqda. Hammasi ajoyib, puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Bugungi tadbir dunyo olimlari, madaniyat xodimlari va tarixchilarni bir nuqtada jamladi. Biz bundan behad mamnunmiz.

 

Rafael Nektavov,

“Buharian Times” gazetasi bosh muharriri:

 

 

— Men 1993 yildan buyon Nyu-Yorkda yashayman. Bu konferensiyada ilk bora qatnashishim. Mamlakat madaniyatga qaratilayotgan eʼtibordan xursandman. Aynan madaniy soha eʼtibor millat uyg‘onayotganidan darak beradi. Men bu yutuqlarni renessans deb nomlanayotganiga to‘liq qo‘shilaman. Chunki bu tom maʼnoda  tub ildizlarga qaytish. Bu murakkab tarixdan keyin O‘zbekistonning qaytganini maʼlum qilishdir. Hozir O‘zbekistonda taqiqlangan mavzu yo‘q. Shu bilan birga madaniy sohaga tizimli yondashishda davom etish kerak.

 

Aleksandr Sedov,

Moskva davlat sharq muzeyi bosh direktori:

 

 

— “O‘zbekiston madaniy merosi jahon  to‘plamlarida” loyihasi amalga oshirilishi-madaniy va ilmiy jamiyatda ulkan hodisa. Loyiha O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosining o‘ziga xosligini va dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasini  ko‘rsatib beradi. Shuningdek, atrofida turli kasb egalari va millatlarni biriktirib, ulkan maʼrifiy birlashtiruvchi vazifani bajaradi.

 

Frederik Bopertyun-Bressan,

Temuriylar Assotsiatsiyasi asoschisi va prezidenti, Parij:

 

 

— Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi 5 yilda Markaziy Osiyoning boy madaniyatini dunyoga tanitishda katta ishlar olib borildi: tadqiqotlar, nashrlar, ko‘rgazmalar va dunyoning yetakchi muzeylari bilan hamkorlik...

Shuning uchun o‘zbek madaniyati va madaniy merosi hozirda butun dunyo diqqat-eʼtiborida turibdi. Uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan  ulkan hissasi tan olinmoqda.

 

Shirin Yashar Qizi Melikova,

Ozarbayjon gilamlari milliy muzeyi direktori, sanʼatshunoslik bo‘yicha falsafa doktori:

 

 

Zamonaviy O‘zbeksiton — jahon madaniy maydonida mustahkam integratsiyaga intilayotgan mamlakat. Shu bilan birga o‘z qadimiy madaniy anʼanalarini saqlab, uning o‘rganilishi va targ‘ibotiga katta eʼtibor berilmoqda. Ushbu Kongress esa butun dunyoda tarixi boy madaniyatga ega o‘lka merosiga qiziquvchi insonlarni birlashtirayotgan o‘ziga xos ko‘prikdir.

 

 

Bahriniso Madumarova,

Munojat Valiyeva,

Jahongir Qo‘ziyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"