Jamiyat

AQShda o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

Marhum Stony Brook universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lgan.

AQShda o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

El-yurt umidi jamg‘armasi stipendiatlaridan biri Muhammadyusuf Faxriddinov AQShda vafot etdi. Bu haqda jamg‘armaning rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, marhum AQShdagi Stony Brook universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatning 4-bosqichida tahsil olayotgan bo‘lgan. U jamg‘armaning iqtidorli va istiqbolli stipendiatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

 

Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, Muhammadyusuf Faxriddinov o‘zining maqsadga intiluvchanligi, yuqori tayyorgarlik darajasi hamda tanlagan sohasiga sadoqati bilan ajralib turgan.

 

Hozirda jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik idoralari bilan hamkorlikda voqea tafsilotlarini aniqlash ishlarini olib bormoqda. 

 

Shuningdek, marhumning jasadini O'zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar nazoratga olingani bildirildi.

 

Jamg‘arma marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"