Jamiyat

Toshkentda fuqaro Tracker'da bir guruh kishilarni qassdan urib yubordi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy axborot berdi.

Toshkentda fuqaro Tracker'da bir guruh kishilarni qassdan urib yubordi

Toshkentning Yunusobod tumanida fuqaro Tracker’ni qasddan odamlar ustiga haydagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 26-mart kuni soat taxminan 12:15 larda fuqaro B.R. Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida sobiq turmush o‘rtog‘i  fuqaro M.F. va uning yonida bo‘lgan boshqa shaxslar bilan janjallashib ketgan. 

 

Shundan so‘ng u boshqa shaxslarga og‘ir tan jarohati yetkazish maqsadida o‘zining boshqaruvidagi bo‘lgan Tracker rusumli avtomobilini sobiq turmush o‘rtog‘i va uning tanishlarini ustiga haydab, qasddan urib yuborgan.  

 

Fuqaro M.F. va uning tanishi D.Q.lar yengil turdagi turli jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.  

 

Hozirda voqea ishtirokchilarining barchasining shaxsi aniqlanib, Yunusobod tumani IIO FMBga olib kelingan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Mazkur holat Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"