Jamiyat

Farg‘onada voyaga yetmagan aka-uka suvda cho‘kib, vafot etdi

Ukasining suvga tushib ketganini ko‘rgan aka uni qutqarmoqchi bo‘lgan.

Farg‘onada voyaga yetmagan aka-uka suvda cho‘kib, vafot etdi

Farg‘onada suvda cho‘kayotgan ukasini ko‘rgan aka ukasini qutqarish uchun suvga tushganida ukasi bilan birga cho‘kib ketib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 19-mart kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida soat 20:05 atrofida X.Olimjon MFYda yashagan voyaga yetmaganlar 2018-yilda tug‘ilgan Z.S. hamda 2020-yilda tug‘ilgan S.Z. "Buloqboshi" MFYda joylashgan suv taqsimlagich omboriga o‘z ehtiyotsizligi natijasida tushib ketib, suvga dimiqishi natijasida vafot etgan. 

 

Bu orada uning akasi voyaga yetmagan S.Z. ukasini qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan. Oqibatda har ikkisi suvga dimiqib, hodisa joyida vafot etgan.

 

Keyinchalik, bolalar uyiga kelmaganidan so‘ng ularni kanal hududida otasi X.Q. ko‘rib qolgan va FVV qutqaruv xizmati tomonidan vafot etgan bolalar suvdan olib chiqilgan.

 

Bolalarning tanasi tashqi ko‘zdan kechirilganida tanasida tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan.

 

Sudga oid tibbiy ekspertizaning 19-mart kunidagi dastlabki ma’lumotnomasida voyaga yetmaganlar S.Z. va uning ukasi Z.S.larning o‘limiga "nafas yo‘llarini suv bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiya" sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va tekshiruv harakatlari nazoratga olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"