O'zbekiston

Toshkent xalqaro kinofestivali yangicha shakl va mazmunda qayta tiklanmoqda

Xabaringiz bor  “Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklandi.

Toshkent xalqaro kinofestivali yangicha shakl va mazmunda qayta tiklanmoqda

 “Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, shu yilning 28 sentyabridan 3 oktyabrgacha “Ipak yo‘li durdonasi” ХIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilyapti.

Ushbu kinofestival, avvalo, kino sanʼati vositasida dunyo mamlakatlari o‘rtasida madaniy  muloqotni yana-da mustahkamlash, jahon kinoustalari  bilan hamkorlikda  qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, insonparvarlik va bag‘rikenglik, xalqlar do‘stligini targ‘ib qiluvchi,  madaniy xilma-xilligini aks ettiruvchi eng sara jahon kinosi durdonalarini  targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Kinofestivalga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Bir paytlar xalqlar va millatlar do‘stligiga xizmat qilgan xalqaro anjuman oradan bir necha yil o‘tib,  butkul yangicha mazmun va shaklda qayta tiklanmoqda. Kinofestivalga bejiz “Buyuk ipak yo‘li durdonasi”, deb nom berilmagan. Eng muhimi, u  yoshlar uchun tajriba almashish maydoniga aylanyapti. Yoshlar kino olamidagi mashhur aktyor va rejissyorlar bilan bevosita  muloqotda  bo‘lib, tajriba va ko‘nikma oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qolaversa, ushbu festivaldan kutilayotgan asosiy maqsad ham ana shundan iborat.

Nozim Safari, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi axborot xizmati maslahatchisi:

— Festivalga qirqqa yaqin  mamlakatdan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Yaqin qo‘shnilarimiz Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Ukraina  hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Polsha,  Fransiya, Italiya hamda AQSH sanʼat namoyandalari tashrif buyuradi. Anjumanda Hindiston va Pokiston mamlakatlaridan ham delegatsiyalar ishtirok etish istagini bildirgan. Ular o‘zlarining eng sara filmlarini taqdim etadi.  Shu bilan birga, ular o‘zimizning milliy filmlarimizni  ham ko‘rib baho beradi. Festival doirasida yirik bitimlar tuzish imkoniyati mavjud. Bularning bari kinofestival  yuqori nufuzga egaligidan dalolat beradi.

Feruza Nodirova, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi badiiy

kengashi aʼzosi:

— Saralash komissiyasi deyarli bir oydan beri Toshkent xalqaro kinofestivaliga ko‘rikdan tashqari tavsiya etilgan filmlarni saralash bilan shug‘ullanyapti.  140 ta filmdan 89 tasi respublikamiz viloyat kinoteatrlarida namoyish etishga tavsiya etildi. Undan, asosan, Polsha, Belarus,  Rossiya, Qirg‘iziston,  Qozog‘iston filmlari o‘rin olgan.  Bu filmlarning deyarli barchasi festival maqsadiga to‘liq javob beradi. Yaʼni ularda insonparvarlik, ezgulik, mehr-oqibat va do‘stlik kabi g‘oyalar  targ‘ib etilgan. 

Festivalga kelgan ishtirokchi davlatlar kinoijodkorlari, prodyuserlari  va aktyorlari respublikamizning deyarli barcha viloyatidagi kinoteatrlarida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazadi va saralangan filmlar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Demak, nafaqat Toshkent, balki   respublikamizning barcha hududi aholisi  jahon kinematografiyasida  ro‘y berayotgan  o‘zgarishlar, yangiliklar va  yangi  filmlar bilan tanishish  imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma'lumot ornida: “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi “Kinochilar uyi”da bo‘lib o‘tadi. Uning ochilish marosimida jahon va milliy kinoning mashhur yulduzlari — 40 ga yaqin mamlakatdan 400 ga yaqin xorijlik kinoijodkorlar  ishtirok etadi. Kinofestival doirasida  14 mamlakat kinosi kunlari  bo‘lib o‘tadi.

Munojat Valiyeva

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali yangicha shakl va mazmunda qayta tiklanmoqda | Zamon.uz