O'zbekiston

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Ammon shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohi Abdulla II ibn Al-Husayn huzurida o‘zaro hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Xususan, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Ushbu davlatlararo hujjatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

 

Shuningdek, imtiyozli savdo, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam, madaniyat va madaniy ijodkorlik sanoati, milliy kutubxonalar, hujjatlar va arxivlar, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika va suv resurslarini boshqarish sohalarida bitimlar va anglashuv memorandumlari imzolandi.

 

Bundan tashqari, iqtisodiy diplomatiya, tog‘-kon sanoati va geologiya, uy-joy qurilishi va shaharsozlikni rivojlantirish, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini nazorat qilish, sog‘liqni saqlash xizmatlari hamda chorvachilik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent va Ammon shaharlari, shuningdek, Samarqand shahri va Petra turizm mintaqasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar almashildi.

 

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi. Ushbu muhim kelishuvlar O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

2026-yilning 9 oyida 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol go‘shti import qilgan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.