Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi
Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, 24-noyabr kuni soat 18:00 atrofida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi R.S. Ohangaron tumani, “Yangihayot” MFY hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-Olmaliq” avtomobil yo‘lida, boshqaruvidagi “Cobalt” avtomashinasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








