O'zbekiston

Nikita Mixalkov: Rejissyorlik darajasi aktyorlikka qaraganda ancha past

"Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida  taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Nikita Mixalkov: Rejissyorlik darajasi aktyorlikka qaraganda ancha past

“O‘zbekfilm” kinokonsernida Rossiya Federatsiyasi kinosi kunlari doirasida mashhur kinorejissyor, RSFSR xalq artisti, Rossiya Federatsiyasi Kinematograflar uyushmasi raisi Nikita Mixalkov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Nikita Mixalkov uchrashuvda OAV vakillari savollariga javob berdi.

— Ishonasizmi, men uchun yashash juda oson, chunki men qilgan ishimning og‘irligini sezmayman. Menda hamma narsani qilib bo‘ldim degan his-tuyg‘u yo‘q. Shu sabab, doim harakatdaman.

— Bugungi yosh rejissyorlar ishini qanday baholaysiz?

— Bugungi kunda rejissyorlar ishini yaxshi baholash biroz mushkul. Chunki rejissura sohasida oqsoqlanish bor. Avvalgidek mukammal ssenariylar yo‘q. Rejissyorlik darajasi aktyorlikka qaraganda ancha past.

Baʼzi yosh rejissyorlar, afsuski, aktyorga yordam bera olmaydi. Сhunki ular aktyorning isteʼdodini ochish, unga yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga qanday yordam berishni bilmaydi. Rejissyor, eng avvalo, mexanikani bilishi kerak.

— Ilk marta necha yoshingizda rol ijro etgansiz?

— Birinchi marta 1959-yilda, 14 yoshimda Konstantin Voinovning "Quyosh hamma uchun porlaydi" filmida maktab o‘quvchisi epizodik rolini o‘ynaganman.

— Baʼzi mashhur kinorejissyor va aktyorlar muxlislar bilan suratga tushish va dastxat berishni istashmaydi. Siz bunga qanday qaraysiz?

— Men suratga tushish va dastxat berishni istamagan hamkasblarimni hurmat qilmayman. Chunki u yillar davomida obro‘-eʼtibor uchun o‘z ustida ishlaydi. Оbro‘ orttiradi va nihoyat talantli shaxs bo‘lib tanilgach, o‘z muxlislarini mensimay qo‘yadi. Muxlislar orasidan topgan obro‘sini bir soniyada yo‘qotishga turtki beradi. Bu esa sanʼatkor uchun fojia. Yuqoridagi obro‘ni ushlab qolishdan ko‘ra, unga tirmashib chiqish osonroqdir. Iqtidorli odam o‘z isteʼdodining ustasi ekanligini his qila boshladimi, shu hisni qo‘yib yubormasdan darhol jilovlay olishni ham bilish kerak .  

— Ilk rejissyorlik qilgan filmingiz haqida gapirib bering?

— To‘liq metrajli ishim "Begonalar orasidagi yaqinim, yaqinlarim orasidagi begona" filmi. Uning syujeti Eduard Volodarskiy bilan hamkorlikda yozilgan hikoyaga asoslangan. Filmdagi asosiy rollardan birini o‘zim ijro etganman. Shuningdek, bu rolni Yuriy Bogatirev va Aleksandr Kaydanovskiy ham ijro etgan. 

— Sizningcha zamonaviy qahramon qanday bo‘lishi kerak?

— Shaxsan men bugungi kunda mustaqil qaror qabul qiluvchi, rahm-shafqat va muhabbat tuyg‘usini yo‘qotmagan har qanday shaxs zamon qahramoni bo‘lishi mumkin, deb hisoblayman.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

Munojat Valiyeva

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Nikita Mixalkov: Rejissyorlik darajasi aktyorlikka qaraganda ancha past | Zamon.uz