Hi-Tech

"Samsung Galaxy S22” taqdimoti 2022 yilning boshida bo‘lib o‘tishi haqida xabar tarqaldi

Dunyo elektronikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Samsung ham Apple, Redmi kompaniyalaridan ortda emasligini isbotlashda davom etmoqda.

"Samsung Galaxy S22” taqdimoti 2022 yilning boshida bo‘lib o‘tishi haqida xabar tarqaldi

 

Mobil mahsulotlaridan eng so‘nggisi bo‘lgan “Galaxy S21” allaqachon mijozlarini mamnun qilib ulgurgan. Endilikda kompaniya yangi mobil telefoni bilan o‘z auditoriyasini xursand qilishga tayyorlanmoqda.

 

Tanishing,  "Samsung Galaxy S22”. U ramkasiz dizaynga ega.

 

Albatta, bu hali rasmiy tasdiqlanmagan. Yangi mahsulot haqida Samsungning janubiy koreyalik sobiq xodimi xabar bergan.

 

Uning aytishicha, smartfon minimal ramkali displeyga ega bo‘lib, u butun perimetr bo‘ylab simmetrik bo‘ladi.

 

Shuningdek, mazkur model seriyaga ega.  Yaʼni, uning “Galaxy S22+” versiyasi ham ommaga taqdim qilinishi kutilmoqda.

 

Yangi “Samsung Galaxy S22” taqdimoti 2022 yilning boshida bo‘lib o‘tadi. Smartfonning narxi hozircha oshkor etilmagan.

 

Maʼlumot uchun: ayni kunlarda Samsungning so‘ngi mobil mahsuloti bo‘lib turgan “Galaxy S21” Rossiya bozorlarida 69 ming rubl, O‘zbekiston bozorlarida esa taxminan 14 million atrofida sotilmoqda.

 

Bundan avval “iPhone 13” savdolari boshlanadigan sana eʼlon qilingani hamda “Xiaomi” kompaniyasi “Redmi Note 11 Pro” smartfonlarini taqdim etgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

"Samsung Galaxy S22” taqdimoti 2022 yilning boshida bo‘lib o‘tishi haqida xabar tarqaldi | Zamon.uz