Rossiyada xaridor sotuvchini o‘ldirib qo‘ydi
Nijniy Novgorodda do‘konga kirib kelgan xaridor hech qanday sababsiz sotuvchi ayolning ko‘ksiga pichoq sanchdi.

37 yoshli do‘kon xodimi kasalxonada vafot etdi. Bu haqda SHOT rasmiy kanali maʼlum qildi.
Tezkor tadbir davomida jinoyatchi qo‘lga olindi.
So‘roq paytida 44 yoshli Vladislav Chudnov do‘konga kolbasa sotib olish uchun pichoq bilan kelganini aytgan.Kassada o‘tirgan 38 yoshli Marina Patselni to‘p o‘ynayotgan bo‘lgan. Xaridor uni yorish uchun yonidagi pichoq bilan nishonga olgan. Biroq pichoq to‘pga emas, sotuvchining ko‘ksiga borib tekkan. Lekin o‘sha paytda ayolning qo‘lida to‘p bor yoki yo‘qligi aniqlanmagan. Gumonlanuvchi sotuvchi ayol bilan avvaldan tanish emasligini aytgan.
Mazkur holat yuzasidan “qotillik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Chudnovga psixiatrik tekshiruv tayinlangan.
Munojat Valiyeva

