Ijtimoiy tarmoqlarda "Nogironlar yotoqxonasi" deb taʼriflanayotgan video asossiz bo‘lib chiqdi
Bino aslida tadbirkorning ijaraga olgan joyi ekan.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qarshidagi nogironlar yashaydigan yotoqxona xaroba ahvolda ekanligi aytilayotgan videoxabar tarqaldi.
Tasvirda ko‘rsatilgan bino haqiqatdan ham abgor ahvolda. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha tarqalgan xabarlar asosli emas. "Qarshidagi nogironlar yashaydigan yotoqxona" deya nomlangan abgor holatdagi bino aslida yotoqxona emas balki tadbirkorning ijaraga olgan joyi ekan.
Maʼlumotga ko‘ra tadbirkor uysiz ko‘chada qolgan fuqaroga yaxshilik qilish maqsadida yashab turishi uchun binodan joy bergan.
Shuningdek maʼlumotda aytilishicha ayni damda shahar hokimining shaxsan o‘zi videoni ijtimoiy tarmoqda joylagan yigitni chaqirib vaziyatga oydinlik kiritmoqda.
Avvalroq, Buxorodagi xarobaga aylangan “Somoniylar” bog‘i haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva

