Jahon

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukraina energetika va fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga, shuningdek, Dnepr daryosi ustidan o‘tgan ko‘priklarga yangi zarba berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy razvedka ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq bu oson bo‘lmasligi ta’kidlangan.

 

Zelenskiy havo mudofaasini kuchaytirish uchun «Patriot» tizimlariga mo‘ljallangan tutib qoluvchi raketalar zarurligini bildirdi. Shuningdek, u xalqaro hamkorlarni harbiy yordam va qurol-yarog‘ yetkazib berishni kechiktirmaslikka chaqirdi.

 

Ukraina prezidenti Rossiyaning asosiy taktikasi elektr tarmoqlari, transformatorlar va elektr energiyasini taqsimlash qurilmalarini yo‘q qilishdan iborat ekanini qayd etdi.

 

Uning ta’kidlashicha, ayrim hududlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yetarli bo‘lsa-da, infratuzilmaga yetkazilgan zarar tufayli elektr ta’minotida taqchillik saqlanib qolmoqda. Mavjud muammolarni bartaraf etishda ta’mirlash ishlarini tezkor amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

 

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

Vagonlardan biridagi ventilyatorda qisqa tutashuv yuzaga kelgani yong'inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti uning sha’niga she’r o‘qimoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib, bunday qilmaslikni so‘radi.