Hi-Tech

Apple minglab xodimlariga katta tovon puli to‘ladi

Bunga xodimlarning sumkasi tekshirilgani sabab bo‘lgan.

Apple minglab xodimlariga katta tovon puli to‘ladi

 

Apple xodimlariga ularning sumkalarini tekshirgani uchun  millionlab dollar to‘lab beradigan bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, kompaniyaning Kaliforniya shtatida joylashgan 52 do‘konlaridan 14683 xodimlar sudga murojaat qilishgan. Ular Apple‘ning shtat qonuni buzganlikda ayblagan. Xodimlar sumkalar tekshirish vaqti uchun kompaniyadan to‘lov talab qilgan.

 

Apple o‘z navbatida bu xavfsizlik uchun zarur bo‘lganini aytmoqda. 2015 yilda sud xodimlarning ushbu shikoyatini rad etgandi. Ammo 2020 yilda appelyatsiya sudi sarflangan vaqt uchun to‘lov to‘lanishi kerakligi to‘g‘risida qaror chiqardi.

 

Daʼvogarlar advokatlari AQSH federal sudiga kelishuvga erishish maqsadida murojaat qilgan. Natijada kompaniya har bir xodimga 1286 dollardan to‘lab beradigan bo‘ldi.

 

Avvalroq xitoylik talabalar ham Apple‘ni sudga bergandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Apple minglab xodimlariga katta tovon puli to‘ladi | Zamon.uz