Maʼlumotlarga ko‘ra, 25 oktyabr kuni Pekin kimyo texnologiyalari va Dongxua universiteti talabalari Apple‘ni sudga bergan. Bunga kompaniyaning yangi qurilmalari quvvatlagichsiz chiqarilyotgani sabab bo‘gan. Daʼvogarning taʼkidlashicha, iPhone‘ning yangi seriyalari quvvatlagichsiz sotilishi isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini buzmoqda. Ular Apple jamlanmasiga quvvatlagichlar qaytarilishini talab qilishni so‘rashgan.
Apple quvvatlagichlarni atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida chiqarmayotgan edi. Ammo daʼvogarlar bu qarorni to‘g‘ri emas deb hisoblamoqda. Kompaniya mahsulotni ishlab chiqarishda davom etyapti va ular alohida sotiladi. Bu orqali Apple qo‘shimcha daromad olmoqda.
Ushbu qaror kompaniya tomonidan o‘tgan yili chiqarilgan. iPhone 12 quvvatlagichsiz sotilgan dastlabki smartfon bo‘ldi. Shundan keyin boshqa texnologik gigantlar ham shu taktikaga o‘tib oldi.
Avvalroq, Apple kompaniyasini iPhone 13 ishlab chiqarishni qisqartirishi va bu kabi yerik kompaniyalar O‘zbekistonga qancha soliq to‘lashi haqida xabar bergan edik.
Yulduz Rustamova


