“Tesla” kompaniyasi noodatiy “kiberhushtak”ni taqdim etdi
Sotuvga qo‘yilgan mahsulot o‘ramlarining butun bir partiyasi bir necha soat ichida sotilib ketdi.

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask o‘zining “Tesla” kompaniyasining yangi mahsulotini taqdim etdi.
Bu haqda ixtirochi Twitterʼda maʼlum qildi.
“Teslada hushtak chaling. Olmani tozalash uchun mato xarid qilmang, bizning hushtakimizni sotib oling , - dedi Mask xaridorlarga.
Yangi mahsulot “Cybertruck” kompaniyasi elektramobil konsepti ko‘rinishida ishlab chiqarilgan. U sayqallangan zanglamaydigan po‘latdan yasalgan. Uning narxi 50 dollarni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun: Ko‘pchilik rossiyaliklar Janubiy Afrikadan AQSHga ko‘chib kelgan ixtirochining hikoyasini ilhomlantiruvchi muvaffaqiyat deb baholashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylangani hamda “Tesla” kompaniyasi robot-gumanoid ustida ishlayotganini maʼlum qilagni haqida xabar berilagndi.
Cho‘lponoy Ahmedova







