O'zbekiston

Bunyodkorlik loyihalaridan asosiy maqsad — ish o‘rinlari yaratish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Bunyodkorlik loyihalaridan asosiy maqsad — ish o‘rinlari yaratish

 

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi poytaxtimizning muhim yo‘llaridan biriga aylanib bormoqda. Oxirgi yillarda u yerda yangi bog‘, ko‘prik, universitet barpo etildi. Endi bu ko‘cha bo‘yida 610 gektar maydonda uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar qurish rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari avvalo mazkur loyiha maketini ko‘zdan kechirdi.

 

Loyihaga asosan, binolar to‘rt qavatli, to‘rt xil dizaynda bo‘ladi. Birinchi qavatda savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyat yuritadi. Yuqori qavatlarda xonadonlar yoki mehmonxonalar bo‘ladi. Ko‘cha bo‘yida piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi.

 

Prezidentimiz loyihani maʼqullab, uylarni energiyatejamkor qilib qurish, issiq va sovuqda moʻtadil bo‘lishini taʼminlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ish o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.

 

"Eng muhimi — xalqimizga munosib yashash sharoiti va ish o‘rinlari yaratish", — dedi davlatimiz rahbari.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, binolarda 1 million 700 ming kvadrat metr savdo va xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘ladi. Buning negizida 14 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etiladi.

 

Shuningdek, ushbu ko‘chada joylashgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish choralari ham belgilandi.

 

30-yanvar kuni o‘tkazilgan taqdimotda mahalla markazlari barpo etish loyihasi ko‘rib chiqilgan edi. Bu gal Prezident ko‘rsatmalari asosida qayta ishlangan loyiha taqdimot qilindi.

 

Unga ko‘ra, bunday markazlarda stadion, o‘yin maydonchalari, kutubxona, kompyuterxona, oshxona, hammom va boshqalar bo‘ladi. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi taklifi asosida ushbu markazlar joyini aniqlash vazifasi qo‘yildi.

 

"Yoshlar o‘rgangan, infratuzilma borgan joylarni tanlash kerak. Mahalla idorasini ham shu yerga joylashtirish mumkin. Shunda bu joylar madaniyat va maʼrifat o‘chog‘i bo‘ladi. Bu markazlarda milliy o‘zligimiz namoyon bo‘lishi kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Maʼlumki, 2025-yilda Toshkent shahrida Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu nufuzli musobaqa uchun poytaxtimizning Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi loyihalashtirilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, shaharcha markazida olimpiya stadioni, uning ikki yonida yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Maʼmuriy bino, yotoqxona, muzey va xo‘jalik obyektlari ham quriladi.

 

Taqdimotda Olimpiya shaharchasi obyektlari qiymatini optimallashtirish choralari haqida maʼlumot berildi. Mutaxassislar bilan muhokama asosida, mazkur shaharcha loyihasi tasdiqlandi. Uni sifatli qilib qurish zarurligi taʼkidlandi.

 

"Bu majmua xalqimizga, yoshlarimizga mulk bo‘lib qoladi. Shuning uchun birinchi o‘rinda sifat", — dedi Prezidentimiz.

 

Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish, jumladan, yerusti metrosi ostidagi bo‘sh yer maydonlarida yangi xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalarini tashkil etishga qaratilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.

 

Taqdimotda Samarqand turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ham axborot berildi.

 

Barcha bunyodkorlik ishlarini umumiy bir jihat - ish o‘rinlari tashkil etish maqsadi birlashtirib turadi. Chunki bu inshootlarni qurish hamda keyinchalik ishlatish jarayonida minglab vatandoshlarmiz ish bilan taʼminlanadi.

custom img

Xususiy OTMga kiritish va’dasi: IIO inspektori va yana ikki kishi ushlandi

Fuqaroga Toshkentdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga Rossiyada ikki yil o‘qiganini tasdiqlovchi soxta hujjatlar orqali kiritish va’da qilingan.

custom img

95 kg gashish aniqlandi: uch nafar shaxs ushlandi

Gashish Qibray tumanidagi dala maydonida daraxtlar orasiga yashirilgan qoplarda bo‘lgan.

custom img

Maktablarda o‘quvchilarning sumkalari tekshirilmoqda: elektron sigaretalar topildi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlangan bo'lib, ularni saqlaganlik uchun qonunchilikda jarima belgilangan

custom img

“Kulliyoti Navoiy” O‘zbekistonda: nodir merosning faksimile nashri Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi

Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.

custom img

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Film markazida ustoz va tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni turadi.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar: qaysi holatlar tekshiriladi?

Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi tasdiqlandi.

custom img

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish choralari jadallashtiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"