Betakror ovoz sohibasi Nargiz Zokirova O‘zbekistonga keldi
U 1995-yilda AQSHga ko‘chib ketgan.

Xonanda 20 yil deganda ilk marta ona yurtiga keldi, uni Javohir Zokirov kutib oldi.
“Men tug‘ilib-o‘sgan va tarbiya topgan ona yurtimga keldim. Bu yerda 20 yil bo‘lmadim, his-tuyg‘ularimni taʼriflab bera olmayman”, deb yozdi Nargiz Zokirova o‘zining Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, ijodkor 1995 yilda ota-onasi va qizi bilan birga AQSHga ko‘chib ketgan. 2013 yilda Amerikaning «X-Factor» shousida ishtirok etgan, Rossiyada «Golos» tanlovida qatnashib, ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan.
Maʼlumot uchun, Nargiz Zokirova Toshkent shahrida O‘zbekistonda taniqli musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Onasi - Luiza Karimovna Zokirova, 60-70 yillarda mashhur estrada xonandasi, xususan, akasi Botir Zokirov bilan duet kuylagan.







