Bolaliksiz ulg‘ayayotgan bolalar

Ko‘p hollarda o‘zi kichkinagina bo‘lsa-da bolalarning og‘ir yuk ko‘tarayotgani, havoning sovug‘ida mashina yuvayotganiga guvoh bo‘lamiz. 15 yoshga to‘lmasdan turib, “ola xurjun”ni erta bo‘yniga ilishi ortida, balki, chindan ham yetishmovchilik mavjuddir.

Bolaliksiz ulg‘ayayotgan bolalar

 

Ishdan qaytayotgandim. Tirbandlikda turganimda bir holatga ko‘zim tushdiyu, g‘alati bo‘lib ketdim: yo‘l chetida non sotish uchun jajjigina qizaloq yelim paketni silkitib mijozlarni chaqirishga urinardi. Havo sovuq, buning ustiga yo‘l tor, mashina turtib ketishi yoki biror korhol bo‘lishi ehtimoldan holi emas. 


Shu voqea sabab ko‘chalarda savdo qilayotgan bolalarni kuzata boshladim. E’tibor berib qarasam, bozor tashqarisida ochiq havoda ishlayotgan murg‘aklar ko‘p ekan: ular turli ichimliklardan tortib kiyim-kechakkacha sotmoqda. Bo‘sh vaqtida ilm olish, sport bilan shug‘ullanish yoki shunchaki tengdoshlari bilan ko‘chada o‘ynashi mumkin bo‘lgan yuzlab bolalar jaziramayu sovuqqa qaramay savdo-sotiq bilan shug‘ullanmoqda. 

 

Qonun nima deydi?

 

Tabiiyki, savol tug‘iladi: voyaga yetmagan shaxsning ishlashi qonuniymi, talablar, imtiyozlar va javobgarlik masalasi qanday?

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasiga binoan voyaga yetmagan, ya’ni 18 yoshga to‘lmagan shaxs 16 yoshdan mehnat faoliyatini boshlashiga ruxsat etiladi.


Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga ham ishlashga ruxsat etiladi. Qachonki:


– 15 yoshga to‘lgan umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining, ya’ni vasiy yoki homiyning yozma roziligi bilan;


– ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.


Ushbu qoidalar Xalqaro mehnat tashkilotining “Eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-sonli konvensiyasida ham belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasiga binoan voyaga yetmagan, ya’ni 18 yoshga to‘lmagan shaxs 16 yoshdan mehnat faoliyatini boshlashiga ruxsat etiladi.


Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga ham ishlashga ruxsat etiladi. Qachonki:


– 15 yoshga to‘lgan umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining, ya’ni vasiy yoki homiyning yozma roziligi bilan;


– ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.


Ushbu qoidalar Xalqaro mehnat tashkilotining “Eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-sonli konvensiyasida ham belgilab berilgan.
Ko‘p hollarda o‘zi kichkinagina bo‘lsa-da bolalarning og‘ir yuk ko‘tarayotgani, havoning sovug‘ida mashina yuvayotganiga guvoh bo‘lamiz. Boshqalari esa maktabga borish o‘rniga pul ishlash uchun bozorda tarvuz tushiradi yoki arava tortadi. Ya’ni ular noqonuniy mehnat bilan mashg‘ul. Bunga ishsizlik yoki maoshning ozligi o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bir tarafdan bolalarning mehnatda chiniqqanligi ham durust, lekin shuning o‘rniga o‘z vaqtida bilim olib, kelajagi uchun hozirdan qayg‘ursa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Biroq bu faqat birgina ota-onani emas, butun bir jamiyatni o‘ylantiradigan masala. 


Ular voyaga yetish tugul, 15 yoshga to‘lmasdan turib, “ola xurjun”ni erta bo‘yniga ilishi ortida balki chindan ham yetishmovchilik mavjuddir. Biroq bu yerda tanganing ikkinchi tomoniga ham e’tibor qaratish joiz. Bolaning kattalardan qolishmagan ishtiyoq bilan pul topishiga bola va pul munosabatlaridaga muvozanatning buzilishi sabab bo‘lmaganmikan?! Ba’zi bolalar ota-onalaridan pul so‘raganida: “Bugun mana shu ishni qilib pul topsang, hammasini o‘zingga olasan, mendan pul so‘rama!”– degan javobni olayotgandir balki...

 

Ota-ona + bola + pul


Pul hech kimni, tabiiyki, bolalarni ham befarq qoldirmaydi. Pul topish va uni sarflash qanchalik turlicha bo‘lishiga qaramay, oilalarda pul yuzasidan tug‘iladigan muammolar bir-biriga juda o‘xshash. Sababi, hammaning hayoti moddiyat bilan shunday bog‘liqki, buning natijasida yuzaga keladigan muammolar ijtimoiy hayotning sog‘liq, o‘zaro aloqalar, farzand hamda ota-ona munosabatlari kabi umumiy muammolariga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, pul bizga doimiy hamroh muammo. Ammo... 


Muammo bo‘lganiday uning yechimi ham, albatta, topiladi. Hamma gap unga qay tarzda yondashishga bog‘liq. Ko‘pincha ota-onalar farzandlari bilan bog‘liq katta-kichik muammolarga ham pulni sababchi qilib ko‘rsatishadi. Tan olish kerak, pul oilaviy hayotning moddiy asoslaridan biri. Biroq ko‘p hollarda ota-onalar farzandlari bilan pul haqida qay tarzda gaplashishni, pulni qachon va qancha berishni bilmaydilar. O‘zaro esa farzandga beriladigan pul miqdori qancha bo‘lishi kerakligini kelisha olmaydilar. Bu holat turli tushunmovchiliklarga olib keladi va oxir-oqibat farzand tarbiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ushbu masaladagi og‘riqli nuqtalardan biri ota-onaning bolani tushunmasligi va farzandini o‘z qo‘li bilan “katta” qilib qo‘yayotganida ham namoyon bo‘ladi. 


Xulosa qilib aytganda, mazkur muammo birgina Siz va Meniki emas, unda davlat ham, jamoatchilik tashkilotlari, barcha birgalikda harakat qilib muammoni hal qilishi darkor.

 

Go'zal Abdullayeva

custom img

Toshkentda harbiy parad sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan harbiy parad o‘tkaziladi.

custom img

Eron AQSHning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

Mazkur hodisada ikki nafar uchuvchi qutqarilgan, bir nafar uchuvchi esa bedarak yo‘qolgan.

custom img

Germaniyalik haydovchilar arzon yonilg‘i uchun Polshaga bormoqda

Mazkur vaziyat “benzin turizmi” sifatida baholanmoqda.

custom img

Toshkentda bank eksperti pora bilan qo‘lga olindi

U 1 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratib berish uchun tadbirkordan pul talab qilgan.

custom img

Putin va Erdog'an Fors ko‘rfazi va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Rahbarlar mintaqadagi harbiy va siyosiy qarama-qarshilik, Qora dengiz xavfsizligi va gaz transporti infratuzilmasini muvofiqlashtirish zaruratini ta’kidladi.

custom img

Yaqin Sharqda global urush xavfi oshmoqda — BMT bosh kotibi

Antonio Guterrish barcha tomonlarni urushga chek qo‘yishga va muloqotni tanlashga chaqirdi.

custom img

O‘zbekiston chorvachiligi ekologik texnologiyalar yordamida barqaror rivojlanmoqda

FTA loyihasi asosida suvni tejash, oziqa samaradorligini oshirish, chiqindilarni resursga aylantirish va yaylovlarni tiklash imkoniyatlari yaratiladi.

custom img

“O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezd chiptalari yetishmasligi bo‘yicha izoh berdi

Xizmat sifatini oshirish uchun qo‘shimcha poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"