Media

Kanye Uestga Gitler haqidagi fikrlari qimmatga tushdi

Gitler haqidagi iliq fikrlaridan so‘ng reperning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari blokka tushdi.

Kanye Uestga Gitler haqidagi fikrlari qimmatga tushdi

 

Amerikalik taniqli reper Kanye Uest Gitler haqida iliq fikr bildirgani uchun  uning Twitter akkaunti qayta bloklandi. Qo‘shiqchining, shuningdek, Parler ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish bo‘yicha kelishuvi to‘xtatib qo‘yilgan.

 

Uest InfoWars dasturida Adolf Gitlerni “shosse va men foydalanayotgan mikrofon ixtirochisi” deb atagan. Shuningdek, u fashistlar Germaniyasi asoschisini dunyoga yangi qadriyatlar olib kirgan inson sifatida baholagan.

 

Shundan keyin Parler qo‘shiqchiga tarmoqni sotish istagidan voz kechgan. Shuningdek, uning boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ham bloklab qo‘yilgan.

 

Eʼtiborli tomoni, Uestning atigi ikki hafta oldin Twitter sahifasi qayta tiklangan edi. Ammo Ilon Mask ushbu akkaunt qayta taqiqqa tushganini eʼlon qildi.

 

 

Kanye Uestga Gitler haqidagi fikrlari qimmatga tushdi | Zamon.uz