Jahon

Nega Vengriya Ukrainaga yordam berishga shoshilmayapti?

Ayrim ekspertlar buni Budapshetning Kiyevga shaxsiy adovati sifatida baholashmoqda.

Nega Vengriya Ukrainaga yordam berishga shoshilmayapti?

 

Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Vengriya Yevropa Ittifoqining Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslarini bir necha bor to‘sib qo‘ydi va yaqinda Bryusselning 2023-yilda makroiqtisodiy yordam ko‘rsatishiga veto qo‘ydi. 

 

“Veto o‘yini”, “jinnilik”, “betartib harakatlar”. Bular Vengriyadagi mustaqil jurnalistlar tomonidan Budapeshtning 2023-yil uchun Ukrainaga Yevropa Ittifoqi makroiqtisodiy yordami bo‘yicha kelishuvdan bosh tortganini izohlashda qo‘llagan iboralarning bir qismidir. Shu bilan birga, bosh vazir Viktor Orban bu veto yoki shantaj emasligiga ishontirishga uringan.

 

“Vengriya Ukrainaga moliyaviy yordam berishga tayyor — ikki tomonlama asosda”, — deb yozdi Orban Twitter’da.

 

Natijada YeI 15-16-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Bryusseldagi sammit arafasida Kiyevga 18 mlrd yevro miqdorida yordam paketi bo‘yicha kelishib oldi. Ammo bu Vengriya bosh vazirining Kiyev bilan bog‘liq Yevropa Ittifoqi qarorlarini birinchi marta to‘sib qo‘yishi  emas edi.

 

Ukrainada urush boshlanganidan keyin Budapesht va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar qayta-qayta paydo bo‘ldi. Vengriya Rossiya bosqinini qoralashga va Moskvaning harakatlarini xalqaro huquqning buzilishi sifatida tan olishga shoshilmadi.

 

Orban “Bu bizning urushimiz emas” deyishni yaxshi ko‘radi va Rossiyaning Ukraina bilan urushini “ishtirokchilar tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan mojaro” deb hisoblaydi.

 

Yaqinda Bosh vazir shunday dedi: “Vengriya Rossiya va Markaziy Yevropa o‘rtasida biz hozir Ukraina deb ataydigan suveren davlat saqlanib qolishidan manfaatdor”.

 

Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining aksariyati Vengriya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Faqat Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralamagan Rus pravoslav cherkovi Patriarxi Kirillga qarshi rejalashtirilgan cheklovlarga Budapesht tomonidan veto qo‘yilgan. Orban, shuningdek, Ukrainaga qurol yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.

 

Shu bilan birga, sanksiyalarni qo‘llash nuqtai nazaridan, siyosatchi Vengriya uchun keng istisnolar, xususan, Rossiya neftidan voz kechish bo‘yicha ham muzokaralar olib bordi. So‘nggi paytlarda Budapesht doimiy ravishda Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari o‘z iqtisodiyotini vayron qilayotganini da’vo qilib keladi.

 

Orban yaqin o‘tmishda Ukrainaning do‘sti edi

 

Shu o‘rinda uning Ukrainaga nisbatan munosabati sabablari haqida savol tug‘iladi. Negaki, Orban bir paytlar Yevro-Atlantika aloqalarini rivojlantirishga intilayotgan demokratik Ukrainaning faol tarafdori hisoblangan. Masalan, 2008-yilda NATOning Buxarestdagi sammiti hamda to‘rt oydan keyin Rossiya-Gruziya urushidan so‘ng o‘sha paytda muxolifatdagi siyosatchi bo‘lgan Viktor Orban Ukraina va Gruziyani ittifoqqa qabul qilmaslik qarorini tanqid qilgandi.

 

Biroq 2010-yilda bosh vazir bo‘lgach, uning fikri o‘zgardi. Budapesht va Kiyev o‘rtasida Transkarpat mintaqasidagi venger ozchiligi bo‘yicha kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi — o‘sha paytda u yerda deyarli 200 ming venger yashagan, bugungi kunda ular taxminan 130 mingga yaqin. Vengriya hukumati, xususan, ukrain tili haqidagi qonundan norozi edi. Qonundan maqsad Ukrainada rus tilining ta’sirini susaytirish bo‘lgan, ammo Budapesht qonunni venger ozchiligiga ham qaratilgan deb hisobladi.

 

Vengriya har doim qo‘shni mamlakatlarda yashovchi etnik vengerlarning ahvoliga katta e’tibor qaratgan. Biroq 2010 yildan keyin Orban bu masala bo‘yicha odatiy siyosatdan qisman chetga chiqdi. 2014 yilda, Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan bir necha hafta o‘tib, u asosiy nutqida Ukrainadagi vengerlarning o‘z-o‘zini boshqarish va jamoaviy huquqlarini, shuningdek, ular uchun ikki fuqarolik huquqini talab qildi.

 

Kiyevning venger ozchiligiga nisbatan siyosatidan noroziligi tufayli Budapesht 2017-yildan beri NATOning Ukraina bilan hamkorlik qilish loyihalariga bir necha bor veto qo‘ygan.

 

2018-yilning sentyabrida ikki fuqarolik masalasi Vengriya va Ukraina o‘rtasida jiddiy diplomatik mojaroga olib keldi. Internetda ukrain fuqarolarining mamlakat qonunchiligini buzgan holda Vengriyaning Zakarpat viloyatining Beregovo shahridagi konsulligida yashirin ravishda Vengriya pasportlarini olayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

 

Yuqorida keltirilgan voqea va holatlar sababli ayni vaqtda Budapesht Rossiya bilan bo‘layotgan harbiy mojaroda Ukrainaga yon bosmayapti. Ayrim ekspertlar buni Budapshetning Kiyevga shaxsiy adovati sifatida baholashadi.

 

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"