Jahon

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Latviya Seymi (parlament) mamlakatning jamoat teleradiokompaniyasi LSM’ga rus tilida muntazam kontent yaratishni taqiqladi. Tegishli qonun 1-oktyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

 

Qonun loyihasini 55 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 24 nafari qarshi ovoz bergan. Yangi tartibga ko‘ra, rus tilidagi axborot faqat ayrim holatlarda, jumladan, favqulodda vaziyatlarda, dezinformatsiyani rad etish yoki “alohida holat”da tarqatilishi mumkin.

 

LSM ma’lumotiga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar qatoriga muayyan sohadagi inqiroz, falokat yoki uning xavfi bilan bog‘liq holatlar kiradi. “Alohida holat” esa mamlakatga tashqi tahdid yuzaga kelishi yoki demokratik davlat tuzumiga xavf tug‘diruvchi ichki tartibsizliklar boshlanganida e’lon qilinishi mumkin.

 

Shuningdek, agar axborot chalg‘ituvchi, yolg‘on yoki demokratiya hamda Latviya davlatiga tahdid soluvchi deb baholansa, uni rus tilida rad etishga ruxsat beriladi. Bunda OAV davlat xavfsizligiga tahdidning ko‘lami va xususiyatini hisobga olishi kerak.

 

Qayd etilishicha, avval Latviyaning jamoat OAVi milliy ozchiliklar tillarida kontent yaratishi shart edi. 2026-yil 30-mart kuni Latviya Konstitutsiyaviy sudi rus tili mahalliy OAVda yetarli darajada mavjudligini va davlat uni qo‘llab-quvvatlashga majbur emasligini bildirgan.

 

Qonunni qo‘llab-quvvatlagan deputatlar mazkur o‘zgarish media muhitida latish tilining mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagan.

 

Muxolifat deputati Svetlana Chulkova esa rus tilidagi kontentning taqiqlanishi Latviyadagi rus tilida so‘zlashuvchi aholini boshqa, jumladan, Latviyada taqiqlangan Rossiya OAVlari va turli internet platformalariga yo‘naltirishi mumkinligini bildirgan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.