Jahon

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Ukrainaning Xarkov shahriga 2-oktyabr kuni boshqariladigan aviabombalar bilan zarbalar berildi. Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi. Jabrlanganlar orasida bola ham bor.

 

Xarkov meri Igor Terexovning ma’lum qilishicha, zarbalar shaharning Slobidskiy va Nemishlyanskiy tumanlaridagi xususiy uylar joylashgan hududlarga berilgan. Aviabombalardan biri turar joy binosiga kelib tushgan va uyni to‘liq vayron qilgan.

 

Dastlab hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingan. Keyinchalik Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov jabrlanganlar soni 17 nafarga yetganini ma’lum qilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, vayronalar ostidan yana bir kishining jasadi topilgan.

 

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida xususiy uylar, ofis binolari, ta’lim muassasasi va avtomobillar ham zarar ko‘rgan. Qutqaruv va tez tibbiy yordam xizmatlari voqea joylarida ish olib bormoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.