10 ta nominatsiya bo‘yicha “Oskar”ga daʼvogarlarning qisqa ro‘yxati taqdim etildi
Taqdirlash marosimi keyingi yil martida bo‘lib o‘tadi.

Amerika kino sanʼati va fanlari akademiyasi “Oskar”ga daʼvogarlar ro‘yxatini eʼlon qildi. "Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film” nominatsiyasiga 15 ta kinokartina saralangan bo‘lib, ulardan faqat beshtasi keyinchalik mukofotga nomzod bo‘ladi.
“Oskar” mukofotiga daʼvogarlarning qisqa ro‘yxati “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasi bo‘yicha ham eʼlon qilingan, bu yilgi rossiyalik rejissyorlarning filmlari unda namoyish etilmagan.
Bundan tashqari, nufuzli film mukofotiga daʼvogarlar “Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film”, “Eng yaxshi pardoz va soch”, “Eng yaxshi musiqa”, “Eng yaxshi qo‘shiq”, “Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film”, “Eng yaxshi qisqa metrajli film”, “Eng yaxshi ovoz”, “Eng yaxshi vizual effektlar” nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdim etiladi.
Avvalroq Amerika kino sanʼati va fanlari akademiyasi matbuot xizmati 95-“Oskar” taqdirlash marosimi 2023 yil 12 mart kuni bo‘lib o‘tishini maʼlum qilgandi. Taqdimot anʼanaviy tarzda Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) "Dolby Theatre"da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kino sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biriga nomzodlar 24 yanvar kuni eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun, haykalchaning bo‘yi 34 sm, vazni 3,85 kg. Hozirda mukofot 23 nominatsiya bo‘yicha topshiriladi.







