Salomatlik

Xitoy COVID-19 statistikasini e’lon qilishni to‘xtatdi

Dekabr boshida mamlakatda karantin cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.

Xitoy COVID-19 statistikasini e’lon qilishni to‘xtatdi


Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha kunlik statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi. Reuters agentligiga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar aksariyat hollarda ishonchsiz bo‘lib chiqmoqda. 

 

Komissiya bundan buyon statistika Xitoyning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi tomonidan e’lon qilinishini ma’lum qilgan. 


Dekabr oyida rasmiy Pekin koronavirusga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirganidan keyin mamlakatda kasallanish holatlari keskin ko‘paygan. Shunga qaramay, Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi so‘nggi to‘rt kunda o‘lim holatlari haqida umuman ma’lumot bermagan. Shuningdek, xitoyliklar COVID-19 bilan bog‘liq o‘limni belgilashi shartlari ham o‘zgardi: endi nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etganlargina koronavirus oqibatida halok bo‘lgan deb tan olinadi. 


O‘tgan hafta Britaniyaning Airfinity tadqiqot kompaniyasi Xitoyda kuniga millionga yaqin odam koronavirusga chalinayotgani va 5 ming kishi infeksiya qurboni bo‘layotganini ma’lum qilgandi. 


Dekabr boshida ko‘plab hududlarda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari oqibatida mamlakatda umumiy PZR-test topshirish tizimi bekor qilingandi. Bundan tashqari, bir provinsiyadan ikkinchisiga o‘tishda ham majburiy PZR talabi bekor qilingan.

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"