Jahon

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi


Eronning Sepehran Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti parvoz vaqtida qo‘nish shassisi g‘ildiraklaridan birining shinasidagi bir qismi uzilib ketgani sababli Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda Eronning Rokna axborot agentligi xabar berdi.



Hodisa dushanba kuni Mashhaddan Kermanshoh shahriga uchayotgan samolyotda sodir bo‘lgan. Dastlabki xabarlarda samolyotning qo‘nish shassisi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgani va dvigatelda ham nosozlik kuzatilgani aytilgan.



Keyinchalik aniqlashtirilishicha, parvoz vaqtida qo‘nish shassisi g‘ildiraklaridan birining shinasidagi bir qismi uzilib ketgan.



Shundan so‘ng ekipaj favqulodda qo‘nish so‘ragan va samolyot Mashhad aeroportiga qo‘ndirilgan.



Hodisa oqibatida yo‘lovchilardan hech biri jabrlanmagan. Biroq parvoz vaqtida yuzaga kelgan nosozlik samolyot bortida xavotir va vahimaga sabab bo‘lgani xabar qilingan.



Hodisaning aniq sabablari va samolyotdagi texnik nosozliklar bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar hozircha maʼlum qilinmagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.