Maksim Galkindan siyosatga aralashmaslik so‘raldi
U esa yana bir bor Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Oilasi bilan Rossiyani tark etib, Isroilga ko‘chib o‘tgan shoumen Maksim Galkin yana bir bor Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Tegishli video internetga joylashtirilgan.
Dubaydagi konsertlaridan birida sanʼatkor dastur boshlanishidan oldin undan "siyosatdan tashqarida bo‘lishni" so‘rashganini aytdi. Biroq, u buni qila olmasligini bildirgan.
Galkinning bu so‘zlari davomida zalda bo‘lganlardan biri "Ukrainaga shon-shuhrat!" deb baqirdi, unga javoban u "Qahramonlarga shon-sharaflar!" deb javob berdi.
"Mendan betaraf bo‘lishni so‘rashdi, lekin qanday qilib betaraf bo‘lishim mumkin? ", — deya nutqini yakunladi sanʼatkor.







