O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafot etdi
Senator hozirda Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

O‘zbekiston xalq shoiri, “Do‘stlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Enaxon Siddiqova 1954 yil 28 avgustda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan.
U 1976-yil Farg‘ona davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Oltiariq va Farg‘ona tumanlari maktablarida o‘qituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. “Farg‘ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan. Hozirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Enaxon Siddiqovaning “Qorako‘z turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Ko‘ngil ufqlari”, “Ishq ifori” kabi she’riy to‘plamlari, “Sirli tun faryodi” hikoyalar majmuasi, “Qizoyimlarga kelinlik saboqlari”, “Tibbiyot fidoyilari”, “Xaloskorlik”, “E’zozli ayollar” kabi publisistik asarlar nashr etilgan.







