Jahon

“Bugun allergiya epidemiyaga qiyoslanmoqda”

2025 yilga borib, dunyo aholisining teng yarmi allergik kasalliklarga uchrashi prognoz qilinyapti.

“Bugun allergiya epidemiyaga qiyoslanmoqda”

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga ko‘ra, hozir Yer yuzi aholisining 35-40 foizi allergiyadan aziyat chekmoqda. Har uch kishidan biri allergik rinit, har o‘ninchi odam bronxial astmaga chalingan.

 

Bu atrof-muhit ifloslanishi, kimyoviy qo‘shimchalar va konservantlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli ortishi, dori vositalarini haddan tashqari ko‘p qabul qilish, kam harakatlilik, stress kabi omillar bilan bog‘liq.

 

Eng yomoni, vaziyat kelgusida yana-da yomonlashishi mumkin. Jumladan, JSST prognoziga tayansak, 2025 yilga borib, dunyo aholisining teng yarmi allergik kasalliklar bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. Baʼzi rivojlangan mamlakatlar esa hozirdanoq ushbu chiziqqa yetib ulgurdi.

 

Vaholanki, bundan 50-60 yil avval allergik kasalliklar sayyoramiz aholisining bor-yo‘g‘i 2-3 foizida uchragan. Biroq keyingi o‘n yilning o‘zida bu dardga chalingan bemorlar soni 2 barobar oshdi.

 

Ayniqsa, globallashuv jarayoni jadal kechayotgan AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida bu borada vaziyat ancha xavotirli.

 

Qolaversa, koronavirus insoniyat boshiga tushgan og‘ir sinov bo‘ldi. Mazkur xavfli infeksiyaga chalinganlarni davolashda antibiotiklar, ferment va garmon preparatlari, vitaminlar, qon suyultiruvchi vositalardan ko‘p miqdorda foydalanish allergik kasalliklarni avj oldirib yubordi.

 

Oqibatda anafilaktik shok, toksikoallergiya, Layella va Stivens-Djonson sindromi kabi oxiri o‘lim bilan yakun topadigan allergik kasalliklar ko‘paydi. Shu sababli bugun allergiya epidemiyaga qiyoslanmoqda.

 

Bundan tashqari, nosog‘lom turmush tarzi insoniyat salomatligiga jiddiy putur yetkazyapti. Noto‘g‘ri ovqatlanish — ular orasida eng keng tarqalgan omil. Bu xastalik asosan bolalar, xususan, emizikli go‘daklar orasida ko‘p uchraydi. Uning xatarli tomoni – allergenning kam miqdori ham baʼzan inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Bugun allergiya epidemiyaga qiyoslanmoqda” | Zamon.uz