Jahon

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Suhbatda 9-may arafasida Ukraina bilan vaqtinchalik sulh masalasi va Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida oldindan e’lon qilinmagan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Agentstvo yozmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida Ukrainada 9-may munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatish masalasi muhokama qilingan.

 

Kreml va Oq uy manbalariga ko‘ra, muloqot tashabbusi Rossiya tomonidan bildirilgan. Putin yordamchisi Yuri Ushakov asosiy e’tibor Eron va Fors ko‘rfazi atrofidagi vaziyatga qaratilganini aytdi. Tramp esa suhbatda asosan Ukraina masalasi ko‘tarilganini bildirgan.

 

AQSH prezidenti muloqotni “juda yaxshi” deb baholab, Rossiya rahbariga qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish taklifini bildirganini aytdi. Kreml versiyasiga ko‘ra esa, Putin 9-may — G‘alaba kuni munosabati bilan Ukraina bilan vaqtinchalik sulh e’lon qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan va Tramp bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

 

Nashr xabariga ko‘ra, muloqotdan so‘ng Tramp matbuot anjumanida Ukraina “harbiy jihatdan mag‘lubiyatga uchragani” haqida bayonot berdi. Uning aytishicha, mamlakatning harbiy infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rgan. Biroq keyinchalik bu raqamlar aslida Eronga taalluqli ekani haqida qarashlar bildirildi.

 

Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Putin suhbat davomida Rossiya armiyasining Ukrainadagi harakatlari haqida ham axborot bergan. 

 

“RIA Novosti” ham suhbatning boshqa tafsilotlarini e’lon qildi

 

Qayd etilishicha, muloqot davomida Putin Trampga nisbatan sodir etilgan suiqasd urinishini qat’iy qoralab, unga qo‘llab-quvvatlov bildirgan. Shuningdek, u AQSH rahbarining Eronga nisbatan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish qarorini to‘g‘ri deb baholagan.

 

Tomonlar Eron yadroviy dasturi atrofidagi kelishmovchiliklarni ham muhokama qilgan. Putin mazkur masala bo‘yicha bir qator yechim variantlarini taklif etgan. Moskva AQSH tomonidan Eronga qarshi quruqlikda harbiy operatsiya o‘tkazish ehtimolini xavfli deb hisoblashini bildirgan.

 

Kreml Rossiya Eron, Fors ko‘rfazi davlatlari, Isroil va AQSH bilan faol muloqotlarni davom ettirishini bildirgan.

 

Suhbat chog‘ida Putin Melaniya Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, uning Rossiya va Ukraina oilalarini bolalari bilan qayta birlashtirishga qaratilgan faoliyatini e’tirof etgan.

 

Bundan tashqari, yetakchilar iqtisodiyot va energetika sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalar istiqbolini muhokama qilgan.

 

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"