Jahon

Moskvada 9-may arafasida mobil aloqa cheklanadi

SMS yuborish xizmatlari va hatto cheklovlar vaqtida ishlashi kerak bo‘lgan maxsus internet resurslar faoliyati ham to‘xtatilishi mumkin.

Moskvada 9-may arafasida mobil aloqa cheklanadi

Moskvada 9-may kuni o‘tkaziladigan harbiy parad arafasida mobil aloqa va internet xizmatlariga keng ko‘lamli cheklovlar joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda BBC manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Rossiya poytaxtida 5, 7 va 9-may kunlari mobil aloqa to‘liq cheklanadi. Shuningdek, SMS yuborish xizmatlari va hatto cheklovlar vaqtida ishlashi kerak bo‘lgan maxsus “oq ro‘yxat”dagi internet resurslar faoliyati ham to‘xtatilishi mumkin.

 

Manbalar cheklovlar faqat shahar markazida emas, balki Moskva shahrini aylanib o‘tadigan yirik halqa avtomobil yo‘li (MKAD) hududi doirasida ham amal qilishini bildirgan.

 

Avvalroq, mart oyi boshidan Moskva markazida mobil internet muntazam uzib qo‘yilgani kuzatilgan. Natijada navigatsiya tizimlari, to‘lov terminallari va ayrim xizmatlar ishlamay qolgan. Internet ta’minoti 24-mart kuni hech qanday rasmiy izohsiz tiklangan.

 

Keyinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin internet uzilishlarini xavfsizlik masalalari bilan bog‘liqligini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi 9-may kuni Qizil maydonda o‘tkaziladigan parad dasturi o‘zgartirilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2007-yildan beri ilk bor harbiy texnika kolonnasi ishtirok etmaydi. Kreml esa tadbir “qisqartirilgan formatda” o‘tishini, bunga xavfsizlik bilan bog‘liq omillar va sana yubiley emasligi sabab bo‘layotganini bildirgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"