Jinoyat

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi 31 ming dollar pora bilan ushlandi

Ular fuqaroga chorvachilik uchun ajratilgan yerni boshqa shaxsga rasmiylashtirib berish uchun jami 60 ming dollar talab qilgan.

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi 31 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijon tumanidagi mahallalardan birida mahalla raisi va hokim yordamchisi ishtirokida yer ajratish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, ular o‘zaro til biriktirib, 1967-yilda tug‘ilgan fuqaroga chorvachilik maqsadida ajratilgan 2 sotix yer hamda davlat zaxirasidagi 28 sotix yer maydonini Andijon shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtirgan.

 

Ushbu yer maydonining bir qismini noturar, qolgan qismini esa turar joy toifasiga o‘zgartirib berish evaziga ular 57 ming AQSH dollari, shuningdek, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yana 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxslar oldindan 28 ming AQSH dollari va kadastr hujjatlari uchun 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"