Jahon

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

Yun Sok Yol harbiy holat va qonun buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, uning jazosi 7 yilga oshirildi.

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

 

Seul Oliy sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan chiqarilgan qarorni qayta ko‘rib chiqib, uning qamoq muddatini 7 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Sud qarori Yun va prokuratura tomonidan berilgan apellyatsiyalar ko‘rib chiqilgach e’lon qilingan. Ish 2024-yilda e’lon qilingan qisqa muddatli harbiy holat va unga aloqador jinoyat ayblovlari bilan bog‘liq.

 

Dastlab quyi instansiya sudi sobiq prezidentni ayrim ayblovlardan oqlab, unga 5 yil qamoq jazosi tayinlagan edi. Biroq apellyatsiya sudi yangi holatlar va qo‘shimcha ayblovlarni inobatga olib, hukmni kuchaytirgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Yun Sok Yol hibsga olish orderining ijrosiga to‘sqinlik qilish, prezident xavfsizlik xizmatini noqonuniy safarbar etish, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish hamda harbiy holat joriy etish tartiblarini buzish kabi harakatlarda aybdor deb topilgan.

 

Seul Oliy sudi sudyasi bu holatni sharhlar ekan, hibsga olish orderi ijrosini kuch ishlatish orqali to‘xtatishga urinish “qonun ustuvor jamiyatda qabul qilib bo‘lmaydigan harakat” ekanini ta’kidlagan.

 

Prokuratura esa sobiq prezidentni jamoatchilik ishonchiga xiyonat qilish, konstitutsion tuzumni buzish va davlat resurslarini suiiste’mol qilishda ayblab, 10 yilgacha qamoq jazosini so‘ragan.

 

Yun Sok Yolning advokatlari esa sud qarorini “tushunarsiz” deb atab, Oliy sudga shikoyat qilishlarini ma’lum qilgan. Himoya tomoni ishda siyosiy baholash elementlari mavjudligini ham bildirgan.

 

Sobiq prezident 2024-yilda impichment qilingan va lavozimidan chetlatilgan bo‘lib, u bir necha jinoyat ishlari bo‘yicha sud jarayonlarida ishtirok etmoqda. U 2025-yil iyul oyidan beri hibsda saqlanmoqda va o‘z aybini rad etib kelmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"