Jahon

Zelenskiy Rossiyaning sulh taklifiga munosabat bildirdi

9-may arafasidagi sulh taklifi Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ilgari surilgan.

Zelenskiy Rossiyaning sulh taklifiga munosabat bildirdi

Volodimir Zelenskiy Ukraina qisqa muddatli emas, balki uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori ekanini ma’lum qildi. U Moskvadagi G‘alaba kuni paradi uchun “bir necha soatlik xavfsizlik” bilan cheklanib qolmaslik zarurligini ta’kidladi.

 

Zelenskiy o‘z bayonotida vakillariga AQSh Prezidenti jamoasi bilan bog‘lanib, Rossiya tomonidan ilgari surilgan sulh taklifining aniq tafsilotlarini o‘rganish topshirilganini bildirdi. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap qisqa muddatli xavfsizlik choralari haqida ketyaptimi yoki kengroq kelishuv nazarda tutilganmi — bu aniqlashtiriladi.

 

“Bizning taklifimiz — o‘t ochishni uzoq muddatga to‘xtatish, aholining xavfsizligini ishonchli ta’minlash va barqaror tinchlikka erishishdir. Ukraina bu yo‘lda har qanday maqbul va samarali formatda ishlashga tayyor”, — dedi u.

 

Avvalroq, Vladimir Putin Donald Tramp bilan telefon muloqoti chog‘ida 9-may arafasida vaqtinchalik sulh e’lon qilishni taklif qilgani xabar qilingan edi. 

 

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuri Ushakovning bildirishicha, suhbat Rossiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Tramp esa keyinchalik ushbu “kichik sulh” g‘oyasini aynan o‘zi ilgari surganini aytgan.

 

Ma’lumot uchun, oxirgi marta frontda sulh 2026-yil aprel oyida Pasxa bayrami munosabati bilan e’lon qilingan edi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"