Media

Rok-n-roll «qirolichasi» Tina Tyorner vafot etdi

U 83 yoshda edi.

Rok-n-roll «qirolichasi» Tina Tyorner vafot etdi

 

«Rok-n-roll malikasi» sifatida ham tanilgan amerikalik xonanda Tina Tyorner 83 yoshida Shveysariyada vafot etdi, deb xabar bermoqda Sky News uning vakiliga tayanib.

 

Manbaga ko‘ra, san’atkorning o‘limi dunyoni musiqa afsonasi va «qirolicha»siz qoldirdi.

 

Rok-n-roll qirolichasi Tina Tyorner uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 83 yoshida olamdan o‘tdi. U Syurix yaqinidagi Kyusnaxtdagi uyida vafot etdi.

 

Tyorner sakkizta «Gremmi» mukofotini qo‘lga kiritgan. “Rolling Stone” jurnali uni zamonamizning eng buyuk qo‘shiqchisi deb atagan. U o‘z faoliyatini 1957 yilda boshlagan va to‘qqizta albom chiqargan. 2019 yilda u Memfis musiqa shon-sharaf zaliga kiritildi. Uning eng mashhur qo‘shiqlaridan “The Best”, “Proud Mary” ko‘pchilikning sevimli taronasiga aylangan.

Rok-n-roll «qirolichasi» Tina Tyorner vafot etdi | Zamon.uz