18  yillik umr kushandasi yoxud passiv chekuvchiga aylanayotgan bolalar

O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi. Xo‘sh, yosh chegarasi nega o‘zgardi?

18  yillik umr kushandasi yoxud passiv chekuvchiga aylanayotgan bolalar

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga ko‘ra, chekish taʼsiri ostida 25 dan ortiq kasallik (yurak-qon tomir, o‘pka va saraton)larning organizmda rivojlanishi kuchayadi. Tibbiy tadqiqotlar bo‘yicha Britaniya Kengashi olimlarining ko‘p yillik izlanishlari xulosalarida o‘pka saratoni va miokard infarktining chekish bilan bog‘liqligi haqida jiddiy ilmiy dalillar keltirilgan.

 

Yurak ishemik kasalligi va insultdan o‘lim holatlarining 70 foizi chekuvchi va spirtli ichimliklar ichuvchi odamlarga to‘g‘ri keladi. Statistik maʼlumotlar har bir chekuvchi odam o‘z hayotini 18 yilga qisqartirishini ko‘rsatadi.

 

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, tamaki mahsulotining inson organizmiga zararli taʼsiridan har yili sayyoramizning 6 millionga yaqin aholisi vafot etadi. Ularning 12 foizi chekuvchi bo‘lmagan (passiv chekuvchilar)dir. Achinarlisi shuki, bolalar passiv chekuvchilar bo‘lib qolmoqda. Yaʼni ular atrofidagi odamlarning chekishi oqibatida tamaki tutuni aralash havo bilan nafas olishadi.

 

Ilmiy tadqiqotlarda hatto passiv chekish ham odamda kasallikka chalinish, nogironlikka yo‘liqish va o‘lim xavfini oshirishini isbotlangan.

 

AQSH olimlarining fikriga ko‘ra, chekuvchilar orasida koronavirus bilan bog‘liq og‘ir holatlar chekmaganlarga qaraganda ko‘proq uchramoqda. Shuningdek, tamaki tutuni kasallikka qarshi immunitetning birlamchi kurashuvchan javobiga sabab bo‘luvchi interferonlarni bloklaydi.

 

21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi

 

Ilgari bu cheklov 20 yoshgacha edi. Endi sotuvchilar spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini faqat 21 yoshdan oshganlarga sotadi.

 

Prezident alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki va nikotin vositalarini sotishni taqiqlashni nazarda tutuvchi "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

 

Unga ko‘ra, 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi. Ilgari bu cheklov 20 yoshgacha edi. Endi sotuvchilar spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini faqat 21 yoshdan oshganlarga sotadi. Xo‘sh, nega aynan 21 yosh?

 

«Ilmiy tarafdan qaraganda, inson miyasi 25 yoshga borib to‘liq rivojlanadi. Shu yoshda o‘zi chiqargan qarorlarga o‘zi javob bera oladigan bo‘ladi. Qolaversa, ilmiy tekshiruvlarda tasdiqlanganki, 21 yoshgacha alkogol va tamaki mahsulotlariga qaramlik, undan keyingi yoshdagi qaramlikdan bir necha bor yuqori bo‘ladi. Tamaki va alkogol mahsulotlaridan o‘lim ko‘rsatkichi ham xuddi shunday. Shulardan kelib chiqqan holda yangi qonunda 21 yosh etib belgilandi», — deydi Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova.

 

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, mazkur qonunni ishlab chiqish jarayonida xorijiy tajriba ham o‘rganildi. Misol uchun, AQSH va Qozog‘istonda 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va alkogol sotish taqiqlangan. Turkmaniston va Indoneziyada 21 yoshga to‘lmaganlarga faqat alkogol sotish taqiqlangan.

 

45 dan ortiq davlatda amal qilingan tartib O‘zbekistonda ham joriy etiladi

 

Ko‘p hollarda ko‘cha-ko‘yda, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida tamaki mahsulotlarini ochiq holda ko‘rsatib reklama qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Endilikda, mazkur qonun bilan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida tamaki mahsulotlarini ko‘rsatish va ochiq namoyish qilish taqiqlanishi belgilab qo‘yildi. Savdo maydonchasida faqat qog‘ozga bosilgan sotiladigan tamaki mahsulotlarining ro‘yxati joylashtiriladi. Mahsulotlarning o‘zi esa xaridorga ko‘rinmaydigan joyda saqlanadi. Ushbu tartib 45 dan ortiq mamlakatda amalga oshirilgan. 

 

Shuningdek, mazkur qonunga ko‘ra, tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlar, qizdiriladigan tamaki mahsuloti, elektron sigaretalar, nikotin suyuqliklari, chilim uchun mo‘ljallangan qorishmalar tamaki mahsulotlariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan ham ushbu turdagi mahsulotlarni cheklashga qaratilgan hamma choralar amal qiladi.

 

Chekish muammoyingizni hal qilib bermaydi

 

Tamaki mahsulotlari, shu jumladan, filtrli yoki yengil sigaretalarning har qanday turini chekish sog‘liq uchun o‘ta xavfli. Tamaki qachon va qay yo‘sinda isteʼmol qilinishidan qatʼiy nazar uning inson organizmiga kuchli zarari bo‘lsa borki, aslo foydasi yo‘q. «Siqilganda, yoki muammoga duch kelganda cheksam ancha yengillayman» deydiganlar esa adashadi. Bu o‘zini-o‘zi ovutish va aldashdan boshqa narsa emas.  

 

Dunyoda tamakidan voz kechishning yuzdan ortiq usullari mavjud. Psixologlar fikriga ko‘ra, chekishni tashlash jarayonida eng qiyini dastlabki uch kunni boshdan kechirishdir.

 

Chekishdan voz kechish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsangiz, ijobiy jihatlar haqida o‘ylang. Asosiy va eng katta yutuq — sizning sog‘lig‘ingiz.

 

Bahriniso Madumarova

custom img

Farg‘onada bir guruh ayollar norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Ular bozordagi joylari olib qo‘yilganidan norozi savdogarlar bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi

Endilikda ular haydovchilik huquqidan sud tartibida mahrum etiladi. Qayta imtihon esa 50 ta savoldan iborat bo‘ladi.

custom img

Radarlarni o‘rnatish vakolati faqatgina Ichki ishlar vazirligida bo‘lishi kerak — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov radarlardan maqsad pul undirish emas, yo‘lda tartibni saqlash bo‘lishi kerakligini aytdi.

custom img

Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptalari uchun chegirma berilishi mumkin

Bunday chegirmalar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun amal qiladi.

custom img

Kann kinofestivalidagi tarixiy qadam: O‘zbekiston Global Country Placement dasturini e’lon qildi

Netflix, Amazon Prime kabi kino kompaniyalar O‘zbekistonda film suratga oladi.

custom img

Kann kinofestivalidagi tarixiy qadam: O‘zbekiston Global Country Placement dasturini e’lon qildi

Netflix, Amazon Prime kabi kino kompaniyalar O‘zbekistonda film suratga oladi.

custom img

O‘zbekistonlik tadbirkorning Ozarbayjonda 80 ming dollarni undirish masalasi TIV tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

Tadbirkor sud qaroriga qaramay, hamkor kompaniyadan mablag‘ni ikki yildan beri undira olmayotgani bildirilgan.

custom img

Ebola epidemiyasi oqibatida halok boʻlganlar soni 131 nafarga yetdi

Dunyo bo'ylab Ebola bilan kasallanishning 500 dan ortiq gumon qilingan holati qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"