O'zbekiston

Farg‘onada bir guruh ayollar norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Ular bozordagi joylari olib qo‘yilganidan norozi savdogarlar bo‘lgan.

Farg‘onada bir guruh ayollar norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida bozor savdogarlarining joylari tortib olingani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Mazkur holat viloyat IIB tomonidan o‘rganildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qumtepa mahallasidagi bozor hududida ayrim savdogarlar avtoturargohda savdo qilib, yo‘lovchi tashuvchi transportlar harakati va fuqarolar o‘tish yo‘laklarini to‘sib qo‘ygan. 

 

Shu sababli tuman hokimligi va bozor ma’muriyati tomonidan ularga bozorning ichki qismida savdo qilish taklif qilinib, bir necha bor ogohlantirilgan.

 

Biroq savdogarlar belgilangan tartibga zid ravishda savdoni davom ettirgani aytilmoqda.

 

14-may kuni avtoturargoh hududida savdo qilish taqiqlanganidan so‘ng, bir necha ayol jamoat tartibini buzib, yo‘l harakatini to‘sishga uringan. Hodisa joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan vaziyat bartaraf etilgan va ishtirokchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

Qayd etilishicha, jamoat tartibini buzishga da’vat qilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan 5 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195 va 201-moddalari asosida javobgarlikka tortilgan. Sud tomonidan ularga jarima jazosi tayinlangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"