O'zbekiston

Radarlarni o‘rnatish vakolati faqatgina Ichki ishlar vazirligida bo‘lishi kerak — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov radarlardan maqsad pul undirish emas, yo‘lda tartibni saqlash bo‘lishi kerakligini aytdi.

Radarlarni o‘rnatish vakolati faqatgina Ichki ishlar vazirligida bo‘lishi kerak — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov yo‘llardagi radarlarni tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘rnatish amaliyoti o‘zini oqlamaganini bildirdi.

 

Uning aytishicha, tezlikni nazorat qilishdan asosiy maqsad jarima orqali pul undirish emas, balki yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘llarda tartibni saqlash bo‘lishi kerak.

 

Qodirov Ichki ishlar vazirligiga radarlarni tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘rnatish samaradorligi yuzasidan so‘rov yuborilganini, biroq unga javoban asosiy masala sifatida byudjetga qancha mablag‘ undirilgani qo‘yilganini qayd etdi.

 

“Bu ishga bunday yondashmaslik kerak. Chunki maqsad pul undirish bo‘lishi kerak emas. Ichki ishlar vazirligining maqsadi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘lda tartibni saqlash bo‘lishi kerak”, — dedi u.

 

Deputatning ta’kidlashicha, radarlar bo‘yicha haydovchilarning e’tirozlari ko‘paymoqda. Uning fikricha, tadbirkorlarning asosiy maqsadi daromad topish bo‘lgani sababli, ayrim holatlarda haydovchilarni huquqbuzarlikka undovchi vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

 

Shuningdek, Qodirov transport hodisalarining oldini olish uchun radarlarni o‘rnatish vakolati faqat Ichki ishlar vazirligida bo‘lishi kerakligini bildirib, bu masalada xususiy sektor bilan hamkorlik kutilgan natijani bermaganini aytdi.

 

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Davron Aripov ham yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi radarlarning xususiy sektor qo‘liga o‘tib, ular hozirda daromad manbayiga aylanib qolganini aytgandi.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"