O'zbekiston

Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptalari uchun chegirma berilishi mumkin

Bunday chegirmalar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun amal qiladi.

Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptalari uchun chegirma berilishi mumkin

O‘zbekistonda ayrim pedagoglarga mamlakat bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezd chiptalariga chegirma berilishi mumkin. Bu bo‘yicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

 

Loyihaga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim toifadagi pedagoglar uchun O‘zbekiston hududi bo‘ylab avia va temiryo‘l chiptalariga yilda bir marta chegirma berish tartibini doimiy asosda joriy etish taklif qilinmoqda.

 

Imtiyoz quyidagi pedagoglarga tatbiq etilishi rejalashtirilgan:

 

  •  respublika reytingida top-100 talikka kirgan umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga;
  •  top-20 talikka kirgan texnikumlar pedagoglariga;
  • top-10 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalari pedagoglariga.

 

Qaror loyihasida samolyot va poyezdlar (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlardan tashqari) uchun erkin sotuvdagi ekonom klass hamda plaskart yoki kupe vagonlari chipta tariflariga 15 foiz chegirma berilishi nazarda tutilgan. Bunda sayohat boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazishsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri borish va qaytish shaklida amalga oshirilishi belgilangan.

 

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston temir yo‘llari va Uzbekistan Airways’ga reytingga kirgan ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlar muntazam taqdim etib boriladi.

 

Ta’lim muassasalari rahbarlari esa O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish istagini bildirgan pedagoglarga ish joyi va lavozimi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.

 

Loyihada qayd etilishicha, mazkur tashabbus bog‘cha tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining jamiyatdagi hurmat-e’tiborini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

 

Bundan tashqari, ushbu imtiyoz ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirishi va pedagoglarning o‘z ustida yanada faol ishlashiga motivatsiya bo‘lishi ta’kidlangan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.