O'zbekiston

Oshqozon kichraytirish amaliyoti qachon tavsiya etiladi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Oshqozon kichraytirish amaliyoti qachon tavsiya etiladi?

 

Keyingi bir necha o‘n yillikda kam harakatlik va noto‘g‘ri ovqatlanish sababli ortiqcha vazn va semizlik butun dunyoda jiddiy muammoga aylandi.

 

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib, Yer yuzi aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin. Eng yomoni, bu kasallik nafaqat kattalar, balki yoshlar orasida ham keng tarqalmoqda.

 

Shu bois so‘nggi vaqtlarda oshqozon qisqartirish amaliyoti orqali semizlikdan qutulish tobora ommalashib boryapti. Xo‘sh, ushbu jarrohlik operatsiyasi qanchalik xavfsiz? U qanday hollarda tavsiya etiladi?

 

Shu kabi savollarga akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Shuhrat Hoshimov javob berdi.

 

“Semizlikka chalingan bemorlarning ko‘pchiligi bugun parhez tutish, sport bilan shug‘ullanish kabi tabiiy ozish usullaridan ko‘ra tezroq natijaga erishish va muammodan qisqa muddatda xalos bo‘lishni maʼqul ko‘rmoqda”, — deydi mutaxassis.

 

Qolaversa, aksariyat odamlar ortiqcha vaznga qarshi uzoq vaqt kurashgan, biroq foydasi bo‘lmagan. Shu bois ular operatsiya yo‘li bilan ozishga rozi.

 

Albatta, jahon tibbiyoti uchun bariatriya, yaʼni oshqozon, ichak yoki ikkalasini birga xirurgik o‘zgartirish amaliyoti yangilik emas.

 

Yurtimizda ham bunday operatsiyalarni o‘tkazuvchi mutaxassislar paydo bo‘lgach, ko‘pchilik bemorlarda mazkur muolaja orqali semizlikdan xalos bo‘lish istagi paydo bo‘ldi.

 

Oshqozonning kattaligi semizlikka asosiy sababmi?

 

Ortiqcha vaznning yuzaga kelishiga bir necha omillar sabab bo‘ladi. Yaʼni kamharakatlik, turli zararli odatlar, qandli diabet, depressiya, stress, psixonevrologik o‘zgarishlar oqibatida ko‘pincha insonda semirish kuzatiladi.

 

Shuningdek, gormonal o‘zgarishlar va gormon dorilarni qabul qilish ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Meʼdani kichraytirish amaliyoti qanday hollarda tavsiya etiladi?

 

Tibbiyotda semizlik turli darajalarga bo‘linadi. Tana vazni indeksi 30 dan 35 gacha bo‘lsa, birinchi, 35-40 gacha ikkinchi, 40 dan tepasi uchinchi darajali hisoblanadi. 40 dan yuqori bo‘lganda 16-60 yosh oralig‘idagi bemorlarga jarrohlik yo‘li bilan ozish tavsiya qilinadi.

 

Shuningdek, tana indeksi 35 dan yuqori va qandli diabet, gipertoniya, osteoxondroz, qonda lipidlar miqdorining balandligi, yurak ishemik hamda artroz kabi yondosh xastaliklar bo‘lganda ham mazkur amaliyotni o‘tkazish mumkin.

 

Bundan tashqari, ozishga tabiiy choralar foyda bermaganda ham bu muolaja usuliga murojaat qilinadi. Bariatrik jarrohlikdan so‘ng bemorlar sezilarli va tez vazn yo‘qotadi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"