O'zbekiston

“Ahvoli o‘rta og‘ir darajada”

SSV attraksiondan yiqilgan fuqarolar holatini maʼlum qildi.

“Ahvoli o‘rta og‘ir darajada”

 

Shu yil 12 iyun kuni tungi soat taxminan 22:10 larda Toshkentning “Anhor – Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida ikki fuqaro attraksionda uchish chog‘ida xavfsizlik kamarlarini taqmaganligi sababli yiqilib tushgani haqida xabarlar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning hozirgi ahvoli haqida maʼlumot berdi.i

 

Qayd etilishicha, 24 yoshli B.E. va 30 yoshli T.M. “Melnitsa” nomli qurilmadan yiqilgan. Baxtsiz hodisadan so‘ng Tez yordam brigadasi kelgunga qadar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Tez tibbiy yordam yetib kelgach, jarohat olgan fuqarolar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.

 

Muassasada bemorlar zudlik bilan shok zaliga olinib, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

7-8 metr balandlikdan tushib ketish oqibatida jarohat olgan 1999 yilda tug‘ilgan bemor B.E.ga “Katatravma. Qo‘shma shikastlanishlar. Bosh miya yopiq jarohati. O‘rta darajadagi miya shikastlanishi. Bosh miya peshana qismi kontuzion o‘choq. Chap yelka suyagi katta bo‘rtmachasining yopiq sinishi. Chap tos suyagi boshchasining yopiq chiqishi. Chap yelka bo‘g‘imi distorsiyasi. Chap yuqori qovoq, chap qo‘ltiq sohasi, chap periorbital sohasi yumshoq to‘qimalari,chap yelka sohasi, chap ko‘krak sohasi yumshoq to‘qimalar shikastlanishi, teri osti qon quyilishi” tashxisi qo‘yilib, tegishli davo molajalari tayinlangan.

 

1993 yilda tug‘ilgan bemor T.M.ga esa “Katatravma. Umurtqa yopiq shikastlanishi. Dural qopchasi ezilmagan, orqa miya funksiyasi buzilmagan holda umurtqa pog‘onasi suyaklari VL1-VL2 tanachalarining I darajali kompression sinishi. Umurtqaning bel qismi distorsiyasi. Bel sohasi yumshoq to‘qimalarining shikastlanishi” tashxisi qo‘yilgan.

 

Bemorlar ayni paytda neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan bo‘lib, ahvoli o‘rta og‘ir darajada. Nafas olish va gemodinamik ko‘rsatkichlari barqaror. Ular shifoxonada belgilangan davo standartlari asosida davolanmoqda.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"